Bundesliga muxlislari uchun super yangilik!

Aslanov Jasurbek
14 sen 2018, 16:16
Bundesliga muxlislari tez orada mahalliy telekanalimiz orqali Germaniya chempionati uchrashuvlarini tomosha qilishlari mumkin.

"Sport" telekanalining YouTube tarmog'ida xabar berilishicha, Bundesliga uchrashuvlari "Sport" kanali orqali efirga uzatiladi. Demak, Germaniya chempionatini O'zbekistonda namoyish etish huquqi sotib olingan. Hozircha Bundesliga o'yinlari qaysi turdan boshlab namoyish etilishi aniq emas.

Eslatib o'tamiz, Angliya, Italiya va Ispaniya chempionati o'yinlari "Uzreport TV" va "Futbol TV" orqali namoyish etiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia