Bundesliga klubi Shomurodov uchun 15 million evro taklif qildi

Alisher
3 yanv 2020, 10:20
"Rostov" forvardi Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida jamoadan ketishi mumkin.

Shomurodovning agenti Qahor Mo'minovning so'zlariga ko'ra, "Shtutgart" hujumchi uchun yozda 10 million evro, SSKA ham belgilangan pulni taklif etgan. 

"SE"ning ma'lumotlariga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchi uchun Bundesliga klublarining biridan og'zaki taklif kelib tushgan: "Shomurodovni 15 million evro evaziga qo'yib yuborasizlarmi?".

Eslatib o'tamiz, Shomurodov joriy mavsum "Rostov" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Transfermarkt O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisini 6,5 million evroga baholagan.

2019 yil uchun xalqaro to'purarlar reytingi e'lon qilindi. Shomurodov Messidan oldinda

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru