

2020 yilning 26 fevral – 8 mart kunlari Ashxobodda o'tkaziladigan qita chempionatiga bugun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Qur'a Ashxoboddagi “Olimpiya mehmonxonasi”da o'tkaziladi. Unga ko'ra, 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga ajratiladi. Saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 1-savatchadan o'rin olgan. 1-savatda, shuningdek, mezbon – Turkmaniston, Eron va Yaponiya ham joylashgan.

Qur'a Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Osiyo chempionati-2020ga chiqqan 16 terma jamoa.

Chempionga topshiriladigan sovrin.




