Buffonning vorisi kim bo'ladi?

Mirjalol Normatov
16 may 2018
"Jenoa" darvozaboni Mattia Perin "Yuventus"ga o'tishga yaqin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, posbon Turin superklubi bilan 5 yillik shartnomaga kelishib olgan. Uning maoshi yiliga 2,5 mln evroni tashkil etadi.

Biroq tomonlar transfer narxini kelisha olishmayapti. "Keksa sinora" posbon uchun 12 mln evro taklif qilayotgan bo'lsa, "grifonlar" 20 mln evro so'rashmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport