Brendan Rojars: “Starrij va Suares turli xildagi futbolchilar”

8 okt 2013, 18:33
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers, jamoa hujumchilari Luis Suares va Daniel Starrijlarni bir-biri bilan taqqosladi.
“Ular turli xildagi futbolchilar. Suares jarima maydonchasi ichidan turib raqib darvozasini nishonga olishni yoqtiradi.

Starrijning o'yin uslubi boshqacha. U qanotlardan hujum qilishni yoqtiradi. Daniel o'z tezligidan ustamonlik bilan foydalanadi. Agar u himoyachidan qochib ketsa, uni quvib yetish qiyin bo'ladi”, - deydi Rojers.


Manba: sports.ru