"Borussiya" Xitoy klubidan futbolchi sotib olmoqda

Aslanov Jasurbek
6 avg 2018, 09:47
"Tyanczin Cyuanczyan" va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubida davom ettirishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "arilar" 29 yoshli futbolchi uchun Xitoy klubiga 20 mln. evro to'lashadi.

Vitsel "Borussiya" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va uning mavsumiy maoshi 10 mln. evro bo'ladi.

Yarim himoyachi bugun jamoaning Shveytsariyadagi yig'iniga qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild