"Borussiya" Sancho ketgan taqdirda, "Lill"dan Ikoneni xarid qilishi mumkin

Alisher
12 iyun 2021, 12:55
"Lill" forvardi Jonatan Ikonte faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchi uchun "Borussiya" da'vogarlik qilmoqda.

Dortmundliklar vinger Jeydon Sancho klubdan ketgan taqdirda, Ikoneni unga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Yakunlangan mavsum Fransiya chempioniga aylangan Ikone Liga 1 doirasidagi 48ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira