Bolalikda aytilgan futbolga oid g'aroyib 10 ta jumla (+bonus)

Aslanov Jasurbek
27 fev 2017, 12:47
Insonlar bolalikda futbol o'yinlarini tomosha qilib, unda ishlatilgan harakatlarni ko'chada, do'stlari bilan uyi oldidagi maydonda ko'rsatishga harakat qiladi.

Bugun bolalik xotiralaringizni yodingizga solib, o'sha paytlarda qo'loqqa tashlangan eng g'alati 10 qoida yoki jumlani e'tiboringizga havola qilamiz.

1."Darvozadan darvozaga tepib gol ursa, hisoblanmaydi".

2."Darvozaga anavi semiz bola turadi".

3."Darvozaga bitta gol bo'lgancha turaman, keyin almashamiz".

4."Sen atayin gol o'tkazding, yana bitta gol turasan".

5."Jarimani o'zim ishladim, endi o'zim tepaman".

6."Biz kuchsizroqmiz - to'p bizdan".

7."Kichkina, ber texnikaga tepaman".

8."Oshir, "stenka" o'ynaymiz".

9."Qo'lim yopishib turgandi, "ruka" emas".

10."Kim tepib yuborgan bo'lsa, o'sha olib keladi".

BONUS

Bonus sifatida rossiyalik mashhur jurnalist Georgiy Chyerdancev ko'chadagi bolalar futbolini sharhlagani aks etgan videoni taqdim etamiz.

TAS-IX



TAS-IX emas


Telegram orqali ko'chirib olish: KO'CHIRISH


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia