Blind: "Ota-onamni ko'rgani ketayotganimda MYUga o'tganimni aytishdi"

Narzulla Saydullayev
31 avg 2014, 12:10
Manchester Yunaytedning yangi himoyachisi Deyli Blind Ayaksdan mankunianliklar safiga o'tishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Seni katta klublar kuzatishlari ajoyib bo'larkan. Endi men Manchester Yunayted oilasi a'zosiga aylandim, u dunyodagi eng kuchli klublardan biri. Juma kuni menga qo'ng'iroq qilib barchasi hal bo'lganini aytishdi. Men sevgilim bilan ota-onamni ko'rgani ketayotgandim. Ota-onam, do'stlarim va sevgilim hayotimda eng asosiy insonlar, - deydi Blind xorij matbuotiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com