"Bizda dunyoning eng yaxshi stadioni bo'ladi". "Barselona" prezidenti - "Kamp Nou"ning rekonstrukciyasi haqida

Sherzod Nurmatov
27 may 2023, 12:59
Kataloniyaliklar stadionni modernizaciya qilishadi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Kamp Nou" stadionini rekonstrukciya qilish haqida gapirdi.

"Bizda dunyoning eng yaxshi stadioni bo'ladi. Biz dastlabki ikkita tribunani saqlab qolamiz, chunki ularning panoramali ko'rinishi chiroyli. Mijans uni loyihalashtirganda daho bo'lgan.

Uchinchi tribuna yanada qulay va xavfsizroq bo'ladi. Tribuna usti yopiladi va hech kim xo'l bo'lmaydi. Bizda yaxshi jamoa ham bo'ladi. Pedri, Gavi, Arauxo, Balde hozir va kelajakda yo'lboshchi bo'lish uchun chaqirilishgan", – dedi funkcioner.

"Barselona" keyingi mavsumda va "Kamp Nou"ni ta'mirlash tugaguniga qadar Lyuis Kompanis nomidagi "Olimpiya" stadionida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es