Birinchi liga. "Paxtakor-2"ning ilk g'alabasi 5-turga to'g'ri keldi

Narzulla Saydullayev
25 apr 2014, 12:24
Kecha birinchi liganing 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda muxlislar bir qator qiziqarli to'qnashuvlarga guvoh bo'ldi.
Mazkur tur qaysidir jamoaga omadli kelgan bo'lsa, yana qaysidir klublar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

E'tiborlisi Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi "Paxtakor-2" joriy chempionatdagi ilk g'alabasini 5-turga kelib tantana qildi. Tarkibi asosan yoshlardan tuzilgan "Paxtakor-2"ni bungacha hisobida atiga 1 ochko bor edi xolos. Kecha "NBU-Osiyo"ni qabul qilgan Nuraliev shogirdlari nisbatan tajribali bo'lgan raqibiga etarlicha qarshilik ko'rsatib, yakunda 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Aniqrog'i Ulug'bek Boqiev tomonidan kiritilgan yagona gol yosh paxtakorchilarga muvaffaqiyat keltirdi.

"Paxtakor-2"ning shu kungacha o'tkazgan o'yinlari bilan taniishing.

1-tur.
Kosonsoy - Paxtakor-2 4:0

2-tur.
Xotira-79 - Paxtakor-2  2:1

3-tur.
Lokomotiv-BFK - Paxtakor-2 1:1

4-tur.
Chust-Paxtakor - Paxtakor-2 1:0.

5-tur.
Paxtakor-2 - NBU-Osiyo 1:0.

Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia