Bekxem yangi stadion qurish va klub ochishga ruxsat oldi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2015, 10:18
Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem MLS, yani Amerika Futbol ligasidan Mayami shahrida yangi stadion qurish va o'zining shaxsiy klubini ochish uchun ruxsat oldi.
“Biz Devid Bekxemning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz. Uning Amerika futboli rivojiga qo'shmoqchi bo'lgan xissasini qadrlaymiz. Shu maqsadda unga yangi stadion qurish va klubni tashkil etishi uchun ruxsat berdik. Yaqin kelajakda bu klubni Ligaga kiritamiz”, - dedi MLS komissioneri Don Garber.

Takidlash joiz, MLS rahbariyati chempionatda ishtirok etuvchi jamoalar sonini 28taga etkazmoqchi. 2020 yilgacha jamoalar soni 20tadan 24taga etkazilishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Skysports.com