"Bavariya"ning asosiy futbolchisi "Real"ga o'tishga rozilik berdi

Khoja
7 noya 2025, 10:42
"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

27 yoshli himoyachi "Real Madrid"ga o'tishga rozilik bergan. Fransiyalik himoyachi yozda Madrid jamoasiga tekinga o'tadi. Sababi Dayo Upamekanoning "Bavariya"bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.

Ma'lumot uchun, himoyachi 2021 yildan beri "Bavariya"da harakat qiladi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi.Transfermarkt nashri Upamekanoni 60 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com