"Bavariya" Zommer uchun 8+1 mln evro taklif qildi. "Borussiya" rad javobini berdi
Sherzod Nurmatov
17 yanv 2023, 15:00
"Bavariya" jarohat olgan Manuel Noyerning o'rniga Yan Zommerni sotib olmoqchi.
Myunxen klubi 34 yoshli shveytsariyalik darvozabon uchun Myonxengladbaxning "Borussiya"siga 8 million evro taklif qilgan. Yana 1 million evro bonus sifatida vada qilingan, deydi jurnalist Florian Plettenberg.