"Bavariya" xavbeki Musiala Angliya emas, Germaniya terma jamoasida o'ynashga qaror qildi. U 17 yoshda

Alisher
24 fev 2021, 16:28
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamal Musiala Germaniya terma jamoasini tanladi.

17 yoshli xavbek ikki fuqarolikka ega. U Shtutgartda nemis va asli kelib chiqishi nigeriyalik bo'lgan britan oilasida tug'ilgan. Jamal 7 yosh bo'lganida, oila Angliyaga ko'chib o'tadi.

"Men faqat Germaniya uchun o'ynashim to'g'ri qaror bo'lishini aytgan tuyg'ularimni tingladim.

Bu men tug'ilgan mamlakat. Shunga qaramay qaror qabul qilish oson bo'lmadi", - deydi futbolchi.

Jamal Angliyaning U15, U16, U17 va U21 jamoalarida o'ynagan.

Futbolchi "Bavariya"ning bosh jamoasida 26ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bulinews.com