"Bavariya" Tuxel o'rniga 3 nafar murabbiydan birini tanlaydi. Barcha nomlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
12 fev 2024, 16:16
"Bavariya" bosh murabbiyligiga 3 nafar mutaxassis da'vogarlik qilmoqda.

Bu haqda jurnalist Marsel Myoller ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Manbaga ko'ra, nemis grandi boshqaruviga da'vogarlar ro'yxatidan Yoaxim Lyov, Xans-Diter Flik va Oliver Glasner o'rin olgan. Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu "Bavariya" bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Hozirda Tomas Tuxel "Bavariya" ustozi sanaladi. Uning qo'l ostida jamoa so'nggi o'yinda Leverkuzenning "Bayer"iga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bundesliganing 21-turidan keyin "Bavariya" peshqadam "Bayer"dan 5 ochko ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo