"Bavariya" ketma-ket o'n marta chempion bo'lib, top-5 chempionatlari rekordini o'rnatdi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2022, 01:02
"Bavariya" "Borussiya D" ustidan g'alaba qozondi.

Ushbu g'alaba "Bavariya"ga muddatidan avval chempionlikni taqdim etdi. Ketma-ket o'n yildan beri chempionlikni qo'lga kiritib kelayotgan klub ushbu natija bo'yicha Yevropa top-5 chempionatlari rekordini qayd etdi. Bungacha "Yuventus" A Seriyada ketma-ket to'qqiz marta chempion bo'lgandi. Fransiyada "Lion" ketma-ket 7 marta birinchi o'rinni qayd etgan. Ispaniyadagi rekord esa "Real"ga tegishli - 5 marta. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Squawka