"Bavariya" Gnabriga yangi shartnoma taklif qiladi

Оқил Абдубарноев
11 apr 2022, 00:05
"Bavariya" vingeri Serj Gnabri tez orada klub bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashi mumkin.

26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Mish-mishlarga ko'ra, Gnabriga "Real Madrid", "Yuventus" yoki "Liverpul"ga o'tishi mumkin, ammo "Bavariya" shartnomani uzaytirishni talab qilmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, germaniyalik futbolchiga yangi 4 yillik shartnoma taklif qilinadi.

Joriy mavsumda Serj Gnabri 39 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi va 10 marta safdoshlariga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira