“Bavariya” muhim o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher Ostonov
5 fev 2026, 20:20
Hujumchi Serj Gnabri "Bavariya" bilan kelishuvni uzaytirdi.

Futbolchining yangi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan, avvalgisi kelasi yozda yakunlanishi kerak edi. "Bild" nashri dekabr oyida Gnabrining maoshi soliqlar va mukofotlarni hisobga olmaguncha yiliga 15-16 mln evrodan oshmasligini ma'lum qilgandi.

Germaniyalik futbolchi Myunxen klubida 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda.

Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi Bundesligada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: fcbayern.com