"Bavariya" darvozabon transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
25 avg 2023
"Makkabi Tel-Aviv" darvozaboni Daniel Perec "Bavariya"ga o'tdi.

Posbon yaqin vaqtlar ichida yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Myunxen klubi transfer uchun 6-7 mln evro to'laydi.

23 yoshli darvozabon Isroil klubi tarkibida 102 o'yinda 83 gol o'tkazib yuborgan. O'tgan kuzda u Isroil termasi tarkibida debyutini amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal