"Bavariya" "Chelsi" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
13 iyul 2020, 17:00
"Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

"Bavariya" 25 yoshli xavbekning transferiga qiziqmoqda. "Chelsi" esa o'z o'yinchisi uchun 35 million evro atrofida talab qilishi kutilmoqda.

Bakayoko joriy mavsumni ijara asosida "Monako"da o'tkazdi va 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, fransiyalik futbolchi 2018/19 yilgi mavsumni ijara asosida "Milan"da o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10 Sport