Bartomeu Isko haqida: "Agar futbolchi "Real"dan ketishni istasa va bizga kerak bo'lsa, uni xarid qilamiz"

Aslanov Jasurbek
6 fev 2019, 14:17
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu "Real" yarim himoyachisi Iskoning Kataloniya klubiga o'tish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

"Agar murabbiyimizga biror futbolchi kerak bo'lsa va o'sha o'yinchi "Real"dan ketmoqchi bo'lsa, albatta uni xarid qilamiz. Ammo hozircha bunday bo'lmadi.

Isko? "Real"ga bo'lgan hurmatim tufayli buni klub prezidenti Florentino Peres bilan muhokama qilaman" - deydi Bartomeu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com