“Barselona”ga Umtiti kerak emas

Himoyachi Samyuel Umtiti “Barselona”ni tark etishi mumkin.

Kataloniya klubi 26 yoshli francuzga klub keyingi mavsumda uning xizmatlariga muhtoj emasligini ma'lum qilgan, deya xabar bermoqda Diario Sport.

Umititi   ma'lum bir darajada kerakli o'yin namoyish etolmagan shu sabab klub rahbariyati futbolchiga yangi jamoa izlashi kerakligini aytgan. Katta ehtimol bilan futbolchi ijaraga berilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Italiyaning bir qator klublari himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.



Manba: Diario Sport