"Barselona" prezidentligiga nomzod Font: "Sharmandalik, Bartomeu - iste'foga chiq. Biz esa klubni tiklaymiz va "Barsa"ga ishonchni qaytaramiz"

Alisher
15 avg 2020, 18:10
"Barselona" prezidentligi uchun nomzod bo'lgan Viktor Font CHL doirasidagi "Bavariya" (2:8)ga qarshi o'yindan so'ng Jozep Bartomeuni iste'foga chiqishga chaqirdi.

"Juda ko'p yillar qayg'u va uyat. Ammo, kechagisini bitta so'z bilan atash kerak - sharmandalik. Azobni davom ettirish va qimmatli vaqtni behuda sarflashning hojati yo'q. 

Bartomeu - iste'foga chiq, imkon qadar tezroq prezidentlik saylovlarini tashkil etish kerak. Birgalikda klubni tiklaymiz va "Barsa"ga ishonchni qaytaramiz", - deb yozgan tvittyerdagi sahifasiga font.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" shu yil 2007/08 yilgi mavsumdan beri ilk bor sovrin yutmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/victor_font