"Barselona" Pedri ortidan, Fati uchun ham juda katta miqdordagi tovon puli belgilamoqchi

Aslanov Jasurbek
14 okt 2021, 23:12
Klub yosh o'yinchilarga katta ishonch bildirmoqda.

"Barselona" klubi jamoa yosh o'yinchisi Ansu Fati bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. Klub yangi shartnomada futbolchi uchun tovon pulini 1 mlrd evroga ko'tarmoqchi. Eslatib o'tamiz, "Barsa"ning boshqa bir o'yinchisi Pedri ham bugun klub bilan yangi kelishuvga qo'l qo'ygandi. Uning tovon puli ham 1 mlrd evroni tashkil qiladi. 

Ma'lumot uchun, Fati ushbu mavsumda La Liga doirasida ikki o'yinda maydonga tushib bitta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca