"Barselona" Koutinoni "Arsenal" futbolchisi bilan almashtiradi (Foot Mercato)

18 iyul 2020, 23:15
"Barselona" va "Arsenal" klublari o'zaro o'yinchi almashtirishlari mumkin.

Katalon klubi "to'pchilar"ga Matteo Genduzining evaziga Filippe Koutinoni taklif qilgan. Klublar ayni paytda "rokirovka" masalasini muhokama qilishmoqda, deb xabar qildi Foot Mercato.

Takidlanishicha, Genduzining o'zi kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilmagan. Ammo u Arteta qo'l ostida o'yin amaliyotining kamligidan norozi. Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi "Brayton"ga  (1:2) qarshi uchrashuvdagi janjalli vaziyatdan keyin "Arsenal" tarkibiga kiritilmayapti. O'shanda u raqib futbolchilarini haqorat qilib, ularning maoshini masxara qilgandi.

London klubi Genduzini 40 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. U APLning joriy mavsumida 24 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Joriy mavsumni ijara asosida "Bavariya"da o'tkazgan Koutino esa 23 uchrashuvda (Bundesliga) maydonga tushib, 8 gol va 6 ta assistga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato