

2 yil oldin "Barselona"dan "Everton"ga o'tgan Deulofeu shartnomasida Kataloniya klubi uni 8,5 mln. evroga qayta xarid qilish bandi bor. Ayni damda "Barselona"dagilar ushbu imkoniyatni ko'rib chiqishmoqda.
Ikki yil oldin "Everton" Deulofeuni "Barselona"dan 6 mln. evroga sotib olgan edi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi A Seriyaning 3 ta o'yinida 1 ta golli pas berdi.



