Deulofeu "Milan" bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
29 may 2017, 14:16
Hujumchi Xerard Deulofeu ijara asosida 2016/17 mavsumni "Milan" klubida o'tkazdi va u jamoa bilan xayrlashdi.

23 yoshli futbolchi "Everton"ga qaytadi.

"Mavsum yakuniga etdi va "Milan"ga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu yerda baxtli edim. Qo'llab-quvvatlash uchun barchaga rahmat" - deydi Deulofeu.

Deulofeu A Seriyaning 17 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com