"Uotford" Deulofeuni sotib oldi

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2018, 16:40
"Barselona" forvardi Xerard Deulofeu faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.

Yarim mavsum ijara asosida "arilar" sharafini himoya qilgan Deulofeu endi jamoaning to'laqonli a'zosiga aylandi. Inglizlar Kataloniya klubiga 13 mln. evro va turli muvaffaqiyatlar uchun 4 mln. evro bonus to'laydi.

"Uotford" va Xerard Deulofeu o'rtasidagi bitim 5 yilga mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/WatfordFC