Agent: "Deulofeu "Roma"da Salax o'rnini egallay oladi, bu ajoyib klub"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2017, 17:12
"Everton" hujumchisi Xerard Deulofeu agenti Gines Karvaxalning so'zlariga ko'ra, uning mijozi "Roma"da "Liverpul"ga o'tgan Muhammad Salaxning o'rnini egallashi mumkin.

"Hammasi hali oldinda, ayni damda aniq bir narsa deyish qiyin. Ammo "Roma" - ajoyib klub va Xerard uchun yaxshi variant. U Salaxning o'rnini egallashga qodir" - deydi agent.

So'nggi mavsum Deulofeu A Seriyaning 17 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Romanews