"Barselona" YCHL so'nggi turida Levandovski va boshqa asosiy o'yinchilarga dam beradi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2022, 11:16
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski ushbu mavsum Chempionlar Ligasida boshqa o'ynamaydi.

Kataloniyaliklar "Bavariya" va "Inter"ga 1/8 final yo'llanmasini boy berib, muddatidan avval turnirni tark etishdi. Chexiyaning "Viktoriya" jamoasiga qarshi guruh bosqichining so'nggi o'yini hech qanday ahamiyatiga ega emas va Xavi Ernandes asosiy o'yinchilarga dam berishga tayyor. Levandovski jamoa bilan Chexiyaga bormaydi, xuddi shu narsa "Valensiya"ga qarshi bahsda jarohat olgan himoyachilar – Jyul Kunde va Erik Garsiyaga ham tegishli.

"Viktoriya" – "Barselona" uchrashuvi 1 noyabrdan 2 noyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo