

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Barselona" – "Benfika" uchrashuvida ro'zador futbolchilar og'zini ochib olishi uchun kichik pauza tashkil qilindi. Birinchi bo'limning 16-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Fransua Letekse qisqa muddatga o'yinni to'xtatdi. Bu vaqt davomida Lamin Yamal, Kerim Akturko'g'lu va Orkun Kekchyu suv ichib olishdi.



