"Barselona" "Atletik" futbolchisi uchun 15 million evro taklif qiladi

Alisher
3 avg 2022, 10:17
"Atletik" himoyachisi Inigo Martines "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Kataloniya klubi 31 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 15 million evro va bonuslar taklif qiladi.

Martines o'tgan mavsum "Atletik" safida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport