

Championat.asia futbolchi bilan bog'landi va fikrlari bilan qiziqdi.
- Navbahor uchun 2022 yil ajoyib mavsum bo'ldi, uzoq tanaffusdan keyin yana chempionat sovrindorlari qatoridan joy oldik. Imkon qadar jamoaga yordam berishga harakat qildim, bu jamoaning muxlislari doim menga qiyin paytda dalda bo'lgan. Bugun klubimiz bilan xayrlashadigan bo'ldim. Shartnomam o'z nihoyasiga etdi.
- Keyingi mavsum muxlislar Sizni qaysi klubda ko'rishadi?
- Hozir oldimda takliflar bor, shu kunlarda muhim qarorni qabul qilaman. Bu haqda albatta xabar beraman, dedi yarim himoyachi.



