"Chelsi" va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar ikki xalqaro uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Azar "Stok Siti"ga qarshi APLning 29-tur uchrashuvini (2:1) jarohat tufayli o'tkazib yubordi. Tekshiruv natijasida, 26 yoshli futbolchi Gretsiya (JCH-2018 saralashi) va Rossiyaga qarshi (o'rtoqlik o'yini) bahsda ishtirok etmasligi ma'lum bo'ldi.