Ayollar futboli. Farg'onada tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2018, 18:49
Yurtimizda ayollar o'rtasida O'zbekiston XXIV-milliy chempionati start oldi.

Bugun Farg'onada ham chempionat o'yinlari boshlandi. Qirguli mezbonlik qilgan bellashuvda “Neftchi” Namanganning “Navbahor-Lochinlari”ni qabul qildi. Uchrashuvga ko'plab muxlislar tashrif buyurganini alohida ta'kidlab o'tish lozimdir. Bahs boshlanishidan avval farg'onalik sanatkorlar tomonidan koncert dasturi namoyish qilindi. Ochilish marosimida Farg'ona viloyati ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish bo'limi bosh mutaxassisi Faxriddin Abdukarimov so'zga chiqib, Farg'onada ayollar o'rtasidagi chempionat bahslari boshlangani bilan barchani tabrikladi. Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi madxiyasi yangradi.

 



O'yin ham qizg'in kurashlarga boy o'tdi. Bellashuvda namanganliklar 3:0 hisobida g'alabaga erishishdi. O'yinda Aziza Norboeva dublga erishgan bo'lsa, Shahnoza Nasriddinova ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. “Neftchi” safidan Zarhumor Ne'matova penaltidan gol kirita olmadi.

“Neftchi” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz