"Ayaks" 17 yillik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

30 avg 2019, 21:20
"Ayaks" himoyachisi Yoel Veltman klub bilan shartnomasini yana 1 yilga uzaytirdi.

"Men 10 yoshimdan beri "Ayaks" safidaman. Deyarli 18 yil, juda uzoq vaqt. Lekin, bu ajoyib", – deydi Veltman.


27 yoshli "Ayaks" va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirdi. Uning avvalgi kelishuvi 2020 yilgacha mo'ljallangan edi.

Veltman "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U amstyerdamliklar libosida 222 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: english.ajax.nl