

Daniloning seyvi "Shapekoense"ni Janubiy Amerika Kubogi finaliga olib chiqqan edi. Ovoz berishda qatnashgan 48% muxlis darvozabonni tanlagan.
Taqdirlash marosimida sovrin vafot etgan futbolchining onasi Ilaides Padilyaga topshirildi.
"Shapekoense" nomidan barcha qo'llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirib, bolalarimiz uchun duo qilishlaringizni so'rayman. "Shapekoense"ning yangi futbolchilari avvalgilaridek kuchli bo'sin" - deydi Padilya xonim.



