Bernardu Ronaldu, Kanselu va Danilodan "Yuventus"dagi faoliyati haqida so'radi

Aslanov Jasurbek
13 may 2026, 22:21
Bernardu Silva "Yuventus"da to'p tepish qanday ekanligiga qiziqish bildirmoqda.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, turinliklar yarim himoyachiga yiliga "toza" 6 mln evro, shuningdek, bonuslar sifatida 2 mln evro (bir million - Chempionlar ligasiga yo'llanma olgani uchun, ikkinchisi - muayyan miqdordagi o'yinlar va gollar uchun) to'lashga tayyor. Shartnoma ikki mavsumga mo'ljallanib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Silva ushbu variantni ko'rib chiqmoqda va ma'lumot to'plamoqda. U "Yuventus"ning sobiq futbolchilari Krishtianu Ronaldu, Joau Kanselu va Danilo bilan maslahatlashgan, ular esa transfer g'oyasini maqullashgan.

31 yoshli portugaliyalik futbolchi "Manchester Siti"ni erkin agent sifatida tark etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport