"Atletiko"ning short-listida Kavani va Suares bor, ammo maqsad - Lyakazett

Alisher
2 sen 2020, 11:37
"Arsenal" forvardi Aleksandr Lyakazettga hali ham "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

Francuz madridliklarning short-listida bosh o'rinni egallagan. Ro'yxatda shuningdek Edinson Kavani, Luis Suares, Duvan Sapata, Chimi Avila, Mariano Dias va Luis Suares Charris bor.

Ammo, asosiy maqsad Madrid klubi anchadan beri kuzatayotgan fransiyalik futbolchidir. Buning uchun esa jamoadan Diego Kostaning ketishiga to'g'ri keladi.

Lyakazett yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com