Atletiko stadioni 2019 yilgi YCHL finalini qabul qiladi, Yevropa ligasi finali Bokuda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2017, 22:20
2019 yilgi Yevropa chempionlar ligasi finali Madriddagi Vanda Metropolitano stadionida bo'lib o'tadi.

Finalni qabul qilish uchun Bokudagi Olimpiya stadioni ham da'vogar bo'lgandi. Ozarbayjonga UEFA 2019 yilgi Yevropa ligasi finalini ishonib topshirdi.

YCHL finallari to'rt marta Madridda o'tgan. Santyago Bernabeu 1957, 1969, 1980 va 2010 yillarda hal qiluvchi bahsga mezbonlik qilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com