Suares: "Grizmann bilan munosabatlarimiz yaxshi"

Alisher
7 okt 2021
"Atletiko"ning urugvaylik forvardi Luis Suares Antuan Grizmanning "Vanda Metropolitano"ga qaytishi haqida gapirdi.

"Bu men uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. Barchasi bunday bo'lishiga ishonchim komil emasdi. 

"Vilyarreal"ga qarshi o'yin oldidan biz bu borada gaplashdik. Klub bunga harakat qilayotgani haqida gaplar bo'ldi.

Biz ikkimiz ham ko'plab narsalardan o'tganmiz. Grizmann bilan o'rtamizdagi munosabatlarimiz yaxshi", - deydi Luis Suares.


AlisherMuallif
Manba: Marca