

"Matraschilar" Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan chiqishni uddalay olishmadi. Yangi yilda Yevropa Ligasida kurashni davom ettirish uchun jamoa guruhda uchinchi o'rinni mustahkamlab olishi kerak bo'ladi.
Simeonening "Atletiko"dagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Mutaxassisdan seshanba kungi "Portu"ga qarshi bahs uning "Atletiko" boshqaruvidagi Chempionlar Ligasidagi so'nggi uchrashuvi bo'lishi mumkinligi haqida so'raldi: "Kelasi mavsumda Chempionlar Ligasiga qaytish uchun ushbu klubda ishlashda davom etishni istayman".
52 yoshli Diogo Simeone 2011 yil dekabr oyida "Atletiko" bosh murabbiyi etib tayinlangandan buyon jamoa ikki karra La Liga va YCHL chempioni bo'ldi. Klub argentinalik mutaxassis yetakchiligida bir bor Kopa del Rey'da ham zafar quchdi.



