"Atletiko" Grizmanni klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 may 2017, 11:41
"Atletiko" "Manchester Yunayted" va "Real" qiziqish bildirayotgan hujumchi Antuan Grizmanni saqlab qolish niyatida uning yillik maoshini 12 mln. evrogacha ko'tarishga tayyor.

26 yoshli fransiyalik ayni damda Madrid klubida yiliga 8 mln. evro ishlab topadi.

Agar Grizmanning maoshi oshsa, u klubdagi eng ko'p daromad topuvchi futbolchiga aylanadi. Hujumchini xarid qilmoqchi bo'lgan klub esa 100 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi.

Oldinroq "Atletiko" Grizmannga 10 mln. evrolik maosh taklif qilmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

Grizmann joriy mavsumda LaLiganing 33 uchrashuvida maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times