Grizmann MLS klubi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2026
Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann joriy mavsum oxirida "Atletiko"dan "Orlando Siti"ga o'tadi.

Bu haqda MLS klubi xabar berdi.

34 yoshli futbolchining shartnomasi iyul oyida kuchga kiradi. Shartnoma 2027/28 yilgi mavsumgacha amal qiladi, uni 2028/29 yilgi mavsumgacha uzaytirish imkoniyati mavjud. Grizmann "Orlando"da 7-raqamli formani kiyadi.

Grizmann "Atletiko"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari bo'lib, 211 ta gol urgan. "Atletiko" bilan Ispaniya Superkubogi, Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan. Ilgari "Real Sosedad" va "Barselona"da o'ynagan. Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionligiga erishgan va Millatlar Ligasi g'olibiga aylangan. Grizmann 2016 yilgi Yevropa chempionatining eng yaxshi o'yinchisi va "Oltin butsa" sohibi bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: orlandocitysc.com