"Atletiko", "Borussiya", "Arsenal" va "Manchester Siti" Lyakazettga da'vogar

Aslanov Jasurbek
5 mar 2017, 19:12
Yevropaning to'rt klubi "Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazettni xarid qilishga qiziqib qolishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvardga "Atletiko", Dortmundning "Borussiyasi", "Arsenal" va "Manchester Siti" da'vogarlik qilmoqda.

Fransiyalikning "Lion" bilan shartnomasi 2019 yilning iyunida yakuniga etadi. Lyakazett joriy mavsumda Fransiya chempionatining 23 ta uchrashuvida 22 ta gol urdi.

"Lion" o'z futbolchisidan 60 mln. evro ishlab olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Téléfoot