"Aston Villa" Martines bo'yicha "Arsenal" bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
13 sen 2020, 01:07
Darvozabon allaqachon Birmingemga ko'chib o'tishga tayyor holatda turibdi.

"Aston Villa" "Arsenal" bilan darvozabon Emiliano Martinesni transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira. 

Manbaga ko'ra, "sherlar" "to'pchilar"ga o'yinchi uchun 20 million to'laydi. Futbolchi yangi klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Ma'lumot uchun, Martines "Arsenal" safiga 2010 yilda qo'shilgan, ammo "kanonirlar" posbonni ko'pincha ijaraga berib yuborishgan. 

Argentinalik 28 yoshli darvozabon o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 23 o'yin o'tkazib, 9 marta o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira