Arteta kubokda Gvardiola jamoasiga to'qnash kelishi haqida: “Bir-birimizni yaxshi bilamiz”

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2023, 08:30
Angliya Kubogi 1/32 finalida “Oksford” ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba (3:0)dan keyin “Arsenal” ustozi Mikel Arteta o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“To'pchilar”ga 1/16 finalda “Manchester Siti” raqiblik qiladi.

“Bo'lgani bo'ladi.Demak, har xil musobaqalarda bir xil jamoalarga qarshi to'qnash kelishimiz kerak ekan. Tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu o'yin yaqinda APLda bo'lganidan farq qiladi, ammo bir-birimizni yaxshi bilamiz. Bu borada hech narsa o'zgarmaydi deb o'ylayman”, deydi Arteta.

Eslatib o'tamiz, kubokda 1/16 final uchrashuvlari 27-30 yanvar oralig'ida o'tishi rejalashtirilgan. 15 fevral kuni esa chempionat doirasida “Arsenal” o'z maydonida “shaharliklar”ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: arsenal.com