Arteta: "Biz ko'p o'ynayapmiz. Bu esa..."

Aziz Tukhtamuradov
15 yanv 2021, 08:32
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinimizda yangilik va hujumda sifat yetishmadi. Ko'plab usullarni qo'llab ko'rdik, ammo golli vaziyat yarata olmadik. G'alaba va bir necha gol ko'rishni istagandim, ammo biz charchab qoldik. To'pni yo'qotdik. 

Roy Xojson faoliyati davomida mana shunday o'yin ko'rsatgan. Aynan shunday usulda u ko'plab jamoalarni mag'lubiyatga uchratgan. Bizda o'yin uchun reja bor edi, ammo realizaciyada kamchilik bo'ldi. 

Biz ko'p o'ynayapmiz. Ko'rib turganingizdek bu natijaga ta’sir ko'rsatmoqda. Ushbu o'yinda g'alaba qozonish uchun o'yinimizda sifat yetishmadi", - dedi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC