Arteta Bavariya futbolchisi bilan shartnoma tuzmoqchi

Khoja
23 mar 2025, 08:41
Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta Bavariya yarim himoyachisi Leroy Sane bilan shartnoma tuzmoqchi.

Murabbiyning fikricha, nemis futbolchisi to'pchilarning hujumini kuchaytirish uchun ideal variant. Joriy mavsum Bavariyadagi asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan Sane ham APLga qaytishga qarshi emas.

Sane joriy mavsum Bavariya safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 4 ta golli uzatma bor. Futbolchining shartnomasi yozda yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com